Increase size
Reset to Default
Decrease size
01.07.2022 y.

O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylar – bu, birinchi navbatda, o‘zining ajoyib sharqona me’morchiligi va betakror madaniy yodgorliklari bilan ajralib turuvchi Buyuk Ipak yo‘lining qadimiy shaharlari: Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent, Qo‘qon, Termiz hamda o‘zligini saqlab qolgan o‘nlab yirik shaharlaridir.

Masjidlarning zangori gumbazlari, madrasalarning muhtasham portallari, nozik minoralar, hashamatli saroylar, maqbaralar va boshqa o'rta asr binolari, qoya rasmlari, qadimiy aholi punktlari va qal'alar xarobalarini ko‘rib, Sharq tarixiga sho'ng'igandek bo’lamiz.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022 yil 29 iyundan “O‘zbekistonning tarixiy joylari va yodgorliklari” turkumiga bag‘ishlangan pochta markalari muomalaga kiritildi.

Pochta markalarida O‘zbekistonning qadimiy Buxoro, Shahrisabz va Toshkent shaharlaridagi tarixiy me’moriy yodgorliklari tasvirlangan. Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset uulida chop etilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 42x30mm. Adadi 5 ming nusxa. Dizayner - Kanevets Ye.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

              
1540 1541 1542 1543

 

1540. Hoja Mahmud Anjir-Fag‘naviy maqbarasi (Vobkent) Nominali – 4 600 so‘m

1541. Oqsaroy (Shahrisabz) Nominali – 5 100 so‘m

1542. Bola-Hovuz masjidi (Buxoro) Nominali – 7 600 so‘m

1543. Shoabdumalik ota maqbarasi (Ohangaron) Nominali – 10 000 so‘m