Oʻzbekistonning boy florasida olti mingdan ortiq turli xil oʻsimliklar mavjud boʻlib, ular orasida shifobaxsh giyohlar ham bor. Bunday o'tlar ekologik jihatdan qulay bo'lib, oziq-ovqat, aromatik va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida foydalaniladi shuningdek ziravorlar sifatida iste'mol qilinnadi, choy damlanadi, dori sifatida va kosmetologiyada ishlatiladi.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022 yil 29 iyundan “O‘zbekiston florasi. Dorivor o‘simliklar” turkumiga bag‘ishlangan pochta markalari muomalaga kiritildi.
Turkum 4 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida Oʻzbekistonning bepoyon adirlarida uchraydigan dorivor o’simliklar tasvirlangan. Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset uulida chop etilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 42x30mm. Adadi 5 ming nusxa. Rasmlar muallfi va dizayner Zakirov X.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
1544 | 1545 | 1546 | 1547 |
1544. Achillea millefolium L. Nominali – 7600 so‘m
1545. Melilotus officinalis (L.) Lam. Nominali – 7600 so‘m
1546. Taraxacum officinale F.H. Wigg. Nominali – 12700 so‘m
1547. Origanum vulgare L. Nominali – 12700 so‘m