Increase size
Reset to Default
Decrease size
01.08.2022 y.

2022-yil 1-avgust sanasidan e’tiboran yuridik shaxslarning shaxsiy kabineti ochilganligini ma’lum qilamiz.

Shaxsiy kabinet orqali yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar Respublikamiz hududida va xalqaro pul o’tkazmalarini elektron tarzda rasmiylashtirishlari va jo’natishlari mumkin. Shaxsiy kabinet yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga pul o‘tkazmalari ro‘yxatlari ma'lumotlarini masofadan turib tizimga kiritish, o‘tkazilgan pul mablag‘lari qoldig‘ini ko‘rish, tasdiqlangan adresatga to‘lovga yuborilgan va to‘langan reyestrlarni kuzatib turish kabi qulayliklarga ega.

Shaxsiy kabinetning manzili: edp.pochta.uz

Murojaat uchun telefon raqamlar: 71 232 25 18; 71 237 21 93; 71 237 16 24.

Yuqoridagi telefon raqamlarga dushanbadan jumagacha soat 9:00-18:00 da murojaat qilishingiz mumkin.

.