Increase size
Reset to Default
Decrease size
02.08.2022 y.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4720-son qaroriga muvofiq, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Jamiyat Ustavi hamda “O‘zbekiston pochtasi” AJ Kuzatuv kengashining 2019 yil 30 iyundagi 6-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Ijroiya organi lavozimiga nomzodlarni tanlash to‘g‘risidagi Reglamentga asosan “O‘zbekiston pochtasi” AJ Ishlab chiqarish direktori nomzodi uchun tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, ushbu tanlovida ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy davlatlarning fuqarolari taklif etiladi.

Malaka talablari:

- oliy (pochta xizmati) ма‘lumotning mavjudligi;

- pochta aloqasi sohasida rahbarlik lavozimida kamida 5 yil ish tajribasi;

- O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini bilish;

- pochta aloqasi qoidalari, pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari, Butunjahon pochta ittifoqi Konventsiyasi va Bitimlari, pochta aloqasi korxonalarining operativ faoliyatini tartibga soluvchi yo‘riqnomalar asoslarini bilish;

- rus va o'zbek tillarini bilish.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

a) o‘z qo‘li bilan shaxsan yozilgan ariza;

b) avtobiografiya (batafsil aks ettirilgan: biografik ma'lumotlar, ish joyi, oilaviy ahvoli, qaerda o'qigan, agar boshqa qo‘shimcha oliy ma’lumoti bo'lsa; yaqin qarindoshlari - otasi, onasi, aka-uka, opa-singillari va turmush o'rtog'i, bolalari to'g'risidagi ma'lumotlar (ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, to'liq tug'ilgan sanasi va joyi, ma'lumoti; qayerda va kim bo‘lib ishlaydi, ulardan birortasi jinoiy javobgarlikka tortilganmi, nima uchun va hokazo);

v) pasport nusxasi;

d) zarur kasbiy ta'lim, ish tajribasi va malakasini tasdiqlovchi hujjatlar;

e) mehnat daftarchasining nusxasi;

e) boglanish uchun telefon raqamlari;

g) 3x4 o'lchamdagi fotosurat - 2 dona.

Hujjatlarni qabul qilish: 2022-yil 2-avgustdan 2022-yil 15-avgustgacha.

Tanlov 2022-yil 16-avgust kuni boʻlib oʻtadi.

Hujjatlar quyidagi manzilda qabul qilinadi: 100000, O'zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Oloy ko‘chasi, 1-uy, elektron shaklda Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Tel.: (+99871) 237-49-51 / 236-76-25