Tadbir aholiga bayramona kayfiyat ulashish va ularni birdamlikka chorlash maqsadida o’tkazildi. Ko’ngil ochar tadbirda ushbu mahallada istiqomat qiluvchi aholi va mutasaddilar qatnashishdi. Tadbir davomida ajoyib interaktiv o’yinlar, viktorinalar va tanlovlar uyushtirildi. Viktorinada mahallada istiqomat qiluvchi aholi faol qatnashdilar. Eng zukko ishtirokchilar UzPost kompaniyasi mutasaddilari tomonidan sovg’alar bilan taqdirlandi. Shuningdek 5-vgust sanasida o’z tavallud ayyomini nishonlayotgan Mubinaga ham tabrik qo’shig’i hamda UzPost hadyasi taqdim etildi. Tadbirga tashrif buyurgan honandalar kuy qo’shiqlari aholiga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.
Shu jumladan, ushbu tadbirni o’tkazishda yaqindan yordam bergan Abdulla Qahhor MFY ga UzPost jamoasi o’z minnatdorchiligini bildiradi.