Bugun UzPost kompaniyasi vakillari mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik tantanasi arafasida sohada ko’p yillar samarali faoliyat yuritib kelgan va hozirgi kunda nafaqada bo’lgan bir necha fidoiy xodimlarning holidan xabar olish maqsadida ularning xonadonlariga tashrif buyurib ularga bayram sovg’alarini ulashdilar.