O'zbekistonning ko'plab badiiy hunarmandchiligi orasida kulolchilik alohida o'rin tutadi. Ehtimol, bu mamlakatda mavjud bo'lgan eng qadimiy va eng mashhur hunarmandchilikdan biridir. Idishlar-lagan, piyola va kosalar, guldonlar, xum va choynaklar shakllari juda xilma-xil va ulardan foydalanish juda qulay, ularning barchasi qadim zamonlardan to hozirgi kungacha doimiy talabga ega bo'lib kelmoqda.
Samarqand, G'ijduvon, Rishton, Shahrisabz, Toshkent, Xorazm kabi laganlarni tayyorlash bo'yicha hunarmandchilik markazlari O'zbekistonda keng ommalashgan. Kulolchilik markazining har birida o'ziga xos bezak qo'lyozmasi mavjud.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022 yil 7 sentabrdan “O‘zbekistonning oltin merosi. Kulolchilik” turkumiga oid pochta markalari muomalaga kiritildi.
Turkum 4 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida O'zbekiston hududlaridagi turli ustalarning mahsulotlari tasvirlangan va markalarda mahsulot mualliflari ko'rsatilgan. Pochta markalar bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 42x30mm. Adadi 8 ming nusxa. Dizayner – Kaneves Ye.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
|||
1554 | 1555 | 1556 | 1557 |
1554. Lagan. Baxtiyor Nazirov (Farg‘ona, Rishton) Nominali – 4600 so‘m
1555. Lagan. Vahobjon Buvayev (Namangan, G‘urumsaroy) Nominali – 5100 so‘m
1556. Lagan. Abdulla Narzullayev (Buxoro, G‘ijduvon) Nominali – 10000 so‘m
1557. Lagan. Allazar Sa’dullayev (Xorazm, Xiva) Nominali – 12700 so‘m