Increase size
Reset to Default
Decrease size
03.05.2023 y.

Standart pochta markalarida Samarqand va Toshkent shahrining tarixiy obidalari tasvirlangan.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan nominallari 1800, 2100 va 5600 so‘mlik bo‘lgan standart pochta markalari 2023-yil 1-maydan muomalaga kiritildi.

   
№1586   №1587   №1588

Pochta markalari bir rangda ishlangan – ko‘k va qizil. Ofset usulida bosilgan. Pochta markalarining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Markalarning o‘lchami 26x18,5mm. Rasmlar muallifi va dizayneri Mulla-Axunov D.

1586. Shohizinda majmuasi (Samarqand) Nominali – 1800 so‘m. Adadi 500 000 nusxa.

1587. Sherdor madrasasi (Samarqand) Nominali – 2100 so‘m. Adadi 500 000 nusxa.

1588. Islom ota masjidi (Toshkent) Nominali – 5600 so‘m. Adadi 500 000 nusxa.