Increase size
Reset to Default
Decrease size
29.08.2023 y.

Toshkentdagi Hindiston elchixonasi “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda Hindiston Respublikasi mustaqilligining 75 yilligi nishonlanishi sharafiga pochta markasini chiqarish tashabbusi bilan chiqdi.

Hindiston elchixonasi xabar berishicha, xalq orasida “Azadi Ka Amrit Mahostav” nomi bilan mashhur bo‘lgan AKAM tadbiri Hindiston Respublikasi mustaqilligining 75 yilligini nishonlash bo‘yicha tadbirlarni 2023-yil 15-avgustda yakunlaydi.

Mazkur tadbir munosabati bilan “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati “O‘zbekiston markasi” filiali tomonidan ushbu yubileyga bag‘ishlangan pochta markalarining eskizlari ishlab chiqildi. Toshkentdagi Hindiston elchixonasi tomonidan Hindiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etish taklifi bo‘ldi.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tayyorlab, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan 2023-yil 7-avgustdan “Hindiston Respublikasi mustaqilligining 75 yilligi” pochta markasi muomalaga kiritildi.

Pochta markasi - pochta bloki shaklida chop etilgan. Pochta blokida Hindiston Respublikasi bayrog‘i va milliy hind naqshlari fonida Nyu-Dehlida joylashgan “Hindiston darvozasi” yodgorligi tasvirlangan. Yodgorlik Birinchi jahon urushi yillarida ingliz-afg‘on urushlarida halok bo‘lgan hind askarlari xotirasiga o‘rnatilgan. Ark ostida bolalar qo‘llarida o‘zlarining mustaqil davlati Hindiston bayrog‘ini mag‘rur ko‘tarib kelmoqdalar.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset uslubida bosib chiqarilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Pochta markasining oʻlchami 52x37, pochta blokining oʻlchami 100x90. Adadi 2000 nusxa. Dizayner - Mulla-Oxunov D. Identifikatsiya raqami - 1599. Markaning nominal qiymati 38 000 so‘m.