Increase size
Reset to Default
Decrease size
25.09.2013 y.
Turkum pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan. pochta bloki 4 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida Buxoro, Samarqand va Farg‘ona ustalari tomonidan ishlangan ayollar bezaklari tasvirlangan.  Muzeylar eksponatlari orasida alohida o‘rinlardan birini zargarlik san’ati namunalari egallaydi. Ularda zargarlik maktablarining o‘ziga xos jihatlarini ko‘rish mumkin.               
“O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi tomonidan 2013 yil 25 sentabrda “Ayollar bezaklari” turkumi muomalaga chiqarildi.
Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markalarining perforatsiyasi  taroqsimon.  Qog‘ozi  oq  silliq.  Pochta blokining o‘lchami  120x110mm. Pochta  markalarining  o‘lchami  37x37 mm. Adadi 10 ming nusxa. Dizayner -  Kanеves E.  
   
                                       1074                      1075
 
                                 
                                 1076                      1077

                               Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

                               1074.  Zirak. Buxoro, XIX asr.          Nominali –  1400 so‘m
                               1075. Bilaguzuk. Samarqand, XIX asr.    Nominali –  1400 so‘m              
                               1076.  Kamar. Farg‘ona. XX asr boshi.   Nominali –  1500 so‘m
                               1077. To‘g‘nog‘ich. Buxoro, XIX asr.    Nominali –  1500 so‘m