“O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan 2013 yil 17 iyunda “O‘zbekiston markalarida sport” turkumining maxsus pochta markalari muomalaga chiqarildi.
Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchamlari 42x30 mm.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.
![]() |
![]() |
|
№1072 |
№1073 |
1072. “Yoshlarning Osiyo o‘yinlari. Nanking” (qilichbozlik) Nominali - 1500 so‘m
1073. “Butunjahon universiadasi. Qozon” (dzyudo) Nominali - 1500 so‘m Adadi 10 ming nusxa.
Dizayner - Zuyev A.