Increase size
Reset to Default
Decrease size
08.05.2013 y.

Mamlakatimizda “9 may - Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga alohida chuqur hurmat, izzat-ikrom bilan e'tibor qaratilmoqda.

 

2013 yil 7 may kuni “O’zbеkiston pochtasi” OAJ tomonidan “Urush va mehnat faxriylari respublika pansionati”da yashovchilariga sovg’alar taqdim etildi.

“O’zbеkiston pochtasi” OAJ buyrug’iga asosan pochta korxonalarida uzoq yillar davomida faoliyat ko’rsatgan 37 nafar urush nogironi va qatnashchilariga Jamiyat tomonidan esdalik sovg’alar bilan birga moddiy yordam ko’rsatildi.