Turkum 2 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekistonda taniqli miniatyurachilarning rasmlari tasvirlangan. Markalarda miniatyura avtori va nomi berilgan.
Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 30x42 mm.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.
1092 | 1093 | |
1092. Shorasul Shoahmedov. «Ilhom parisi». Nominali – 1500 so‘m
1093. Muzaffar Polatov. «Teatr». Nominali – 2100 so‘m
Pochta markalarning adadi 10 ming nusxadan.
Dizayner – Kaneves E.