Increase size
Reset to Default
Decrease size
12.11.2014 y.

Standart pochta markalarida ilm-fan va madaniyatimizga bebаho hissa qo‘shgan davlat arboblari, shoir va olimlarning haykallari tasvirlangan.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan 2014 yil 6 noyabrdan nominallari 290-00 so‘m va 500-00 so‘m standart pochta markalari muomalaga chiqarildi.

   
№ 1099   № 1100

Pochta markalari bir rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markalarining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Markalarning o‘lchami 18,5x26mm. Yusupaliyev U. – rasmi. Rangi – yashil.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

1099. “Berdaq” haykali.    Nominali – 290 so‘m. Adadi 1 000 000 nusxa.
1100. “A. Temur” haykali. Nominali – 500 so‘m. Adadi 1 000 000 nusxa.