“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi tomonidan 2015 yil 22 yanvaridan “Regionlar. Namangan viloyati” nomli pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi.
Pochta markalarida Namangan viloyatining tarixiy obidasi va zamonaviy inshooti tasvirlangan. Kuponda viloyatning geografik xaritasi hamda tashkil topgan yili, maydoni, aholi soni va viloyat markazi ko‘rsatilgan.
Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchami 42x30 mm. Adadi 10 ming nusxa.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.
1101. |
1102. |
1101. Bobur bog‘i (Namangan) Nominali - 1000 so‘m.
1102. A’loxon Maxsum jome masjidi (Kosonsoy tumani) Nominali - 1200 so‘m.
Dizayner - Yusupaliyev U.